11—16 iyul kunlari Farğonada Özbekiston-Tojikiston qöşma demarkatsiya komissiyasi işçi guruhlarining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi, deya xabar bermoqda Tojikiston TIV axborot departamenti.

Yiğilişda demarkatsiya işlari muhokama qilindi va umumiy çegaraning demarkatsiya çiziği loyihasi böyiça takliflar tayyorlandi. 

Delegatsiyalarga Özbekiston Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori örinbosari Tölqin Abdullayev va Tojikiston Yer tuziş va geodeziya davlat qömitasi raisi örinbosari Azimahmad Karimzoda boşçilik qildi. 

Tadbir yakunida tegişli bayonnoma imzolandi. Keyingi uçraşuv Tojikiston hududida bölib ötişiga qaror qilindi. Departament aniq sanani e’lon qilmagan. 

Ikki davlat örtasidagi davlat çegarasini töliq delimitatsiya qiliş 2019 yilda yakunlangan edi. 

Öşanda tomonlar çegara çiziği böyiça yozma ravişda kelişib olgan bölsa, endilikda davlat çegarasini belgilaş natijasida ikki davlat çegarasining aniq çiziği xaritalarda körsatiladi. 

Özbekiston va Tojikiston örtasida Özbekiston-Tojikiston davlat çegarasining ayrim uçastkalari töğrisidagi bitim 2018 yil 9-10 mart kunlari Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Duşanbega davlat taşrifi doirasida imzolangan edi. 

Tojikiston parlamenti uşbu şartnomani 2018 yil 19 aprelda ratifikatsiya qilgan. 

Tojikiston Yer tuziş va geodeziya davlat qömitasi ma’lumotlariga köra, Özbekiston-Tojikiston çegarasining uzunligi 1332 kilometrni taşkil qiladi.