Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik instituti Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimliklarining Fanlar akademiyasi Genetika va eksperimental biologiyasi instituti Farg‘ona filiali negizida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish taklifiga rozilik beriladi.
Belgilanishicha:
- ilmiy-tajriba stansiya ilmiy tashkilot shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasi hisoblanadi;
- institut ilmiy-tajriba stansiya muassisi hisoblanadi va ular faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Prezidentning “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ko‘rsatilgan ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ular tizimiga kiruvchi ilmiy-tajriba stansiyalari uchastkalari bino va inshootlarini saqlash, ular xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.
Belgilab qo‘yilishicha:
- ilmiy-tajriba stansiyasini budjet mablag‘lari hisobidan saqlash xarajatlarini moliyalashtirish 2022 yilda respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2023 yildan boshlab davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
- ilmiy-tajriba stansiyasi tuzilmasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy tashkilotlar tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy-tajriba stansiyalari namunaviy tuzilmasiga asosan shakllantiriladi;
- ilmiy-tajriba stansiyasi Genetika va eksperimental biologiyasi instituti Farg‘ona filiali huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligining Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani “Konizar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan doimiy foydalanish huquqi asosida Genetika va eksperimental biologiyasi instituti Farg‘ona filialiga ajratilgan 32,31 gektar yer maydonini ilmiy-tajriba stansiyasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

10:37 / 11.04.2025
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi

17:46 / 04.04.2025
Farg‘onadagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

09:41 / 22.03.2025
40 metrli quduq tubida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

22:49 / 12.03.2025