Savol tuğiladi, taşrif Özbekiston va taşkilot örtasidagi munosabatlarda nimani anglatadi? U ayrim tahlilçilar aytayotgani kabi JST bilan muzokaralari fonida Özbekistonga ortayotgan bosimning navbatdagisimi?

Şuningdek, Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zoligi masalasi bunçalik çözilib ketayotgani sabablarini qanday izohlaş mumkin? Gap taşkilot rahbariyatidami yoki harakatlari yetarli bölmayotgan Özbekiston tarafidami?

Kun.uz muxbiri şu kabi savollar bilan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyevga yuzlandi.

— Doniyor aka, suhbatimiz Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Jahon savdo taşkiloti haqida. Lekin undan avval sizdan şanba kuni Özbekistonda röy bergan muhim ikki tayinlov haqida söramoqçiman. Çunki siz ijtimoiy tarmoqlar orqali bu tayinlovlar böyiça fikr bildirgan kam sonli deputatlardan biri böldingiz.

Sardor Umrzoqovning prezident administratsiyasi rahbarligiga ötişi va undan böşagan ikki vazifaga endilikda sobiq qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xöjayevning kelişi. Xöş, ikki vazifaga qançalik munosib nomzodlar olib kelindi-yu, ular haqida şaxsan siz qançalik bilasiz?

Aytgança, şu savolning yana bir qismi deb qabul qiling, sizlar, deputatlar biror bir lavozimga nomzod ma’qullayotganda özaro keng davrada maslahatlaşasizlarmi, qanday böladi mana şu jarayon? Çindan böladimi şu maslahatlaşuvlar? Juda tekis ötkazasizlar mana şunaqa tadbirlarni.

— Avvalo, juda töğri aytdingiz, oxirgi bir hafta yoki 10 kunda Özbekiston kadrlar tizimida kutilmagan özgarişlar böldi.

Şaxsan men bu jarayondan xursand böldim. Nega? Çunki men bu yerda 3 ta “message”ni kördim. Birinçidan, administratsiya rahbarining almaştirilişi – juda katta signal böldi. Qaysi ma’noda? Yaxşi bilamiz, amalda bu juda katta lavozim. Mana şu yuqori organ rahbarining almaşişi bu – davlat rahbari tomonidan jamiyatga berilayotgan katta signalki, hali islohotlar töxtab qolgani yöq va heç kim almaştirib bölmaydigan şaxs emas. Ya’ni har qanday vazir, hukumat a’zosi böladimi, agar mamlakat islohotlari talabiga javob bermaydigan bölsa, almaştirilişi mumkin.

Köpçilikda, balki faqat menga şunday tuyulayotgandir, sönggi vaqtlarda mamlakatdagi islohotlar dinamikasi sekinlaşib, talabçanlik kamayayotgandek edi. Çunki oxirgi 2 yilda biz bunday keskin özgarişlarni körmagandik. Mana şu özgariş esa rahbarlarga ham öz işlariga qarab olişlari uçun çaqiruv böldi.