2022 yilning 15 iyul kuni Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi Qoraqalpoğistonda iyul oyi boşida sodir bölgan voqealar yuzasidan mustaqil tekşiruv ötkaziş böyiça komissiya tuzgan edi.

Ombudsman Feruza Eşmatova rahbarligidagi komissiya 16 iyul kunidan Qoraqalpoğiston Respublikasida öz faoliyatini boşladi.

Ombudsman axborot xizmati xabariga köra, komissiya oldiga qöyilgan vazifalar ijrosini bajarişi uçun guruhlarga bölingan holda örganişlar olib bormoqda. Har bir guruh faoliyatida şaffoflikni ta’minlaş maqsadida amalga oşirilayotgan işlar hujjatlaştirilmoqda. Ular audio, foto va video vositalari yordamida qayd etilmoqda.

Komissiya a’zolari dastlab Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali, Markaziy şifoxonada davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlaşib, yuz bergan voqealarda inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari bilan boğliq holatlarni örgandi.

Şimoliy-ğarbiy harbiy okrugi harbiy gospitali va Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi harbiy gospitalida davolanayotgan harbiy xizmatçilar, içki işlar idoralari xodimlari bilan muloqotlar qilindi. Suhbat davomida namoyişçilar va harbiy xizmatçilar xatti-harakatlari örganildi.

Komissiya a’zolari Qoraqalpoğiston Respublikasi sud tibbiy ekspertiza markaziga taşrif buyurib, voqealar bilan boğliq barça kerakli materiallar bilan tanişdilar.

Komissiya a’zolari örganişlari davom etmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.