Belarus hukumati nodavlat kasaba uyuşmalari faoliyatini taqiqladi. 19 iyul, seşanba kuni Boş prokuraturaning Telegram-kanali xabariga köra, bunday qaror boş prokurorning da’vosiga köra Oliy sud tomonidan qabul qilindi.
Uşbu ma’lumotlarga köra, gap Belarus erkin kasaba uyuşmasi, Metallçilar erkin kasaba uyuşmasi, Belarus konçilar, kimyogarlar, neftni qayta işlovçilar, energetika xodimlari, transport xodimlari, quruvçilar mustaqil kasaba uyuşmasi, Belarus radioelektron sanoati xodimlari kasaba uyuşmasi, şuningdek «Belarus demokratik kasaba uyuşmalari kongressi» kasaba uyuşmalari birlaşmasi va boşqalarni tugatiş haqida ketmoqda.
Minskdagi mahkamaga köra, «kasaba uyuşmalari a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qiliş, noqonuniy iş taşlaşlar, işlamay qolişlar, jamiyatda keskinlaşuvning oldini oliş» örniga, uşbu taşkilotlar rahbariyati va a’zolari «jamoat tartibini buzuvçi buzğunçi harakatlarda, ommaviy tadbirlarda faol iştirok etgan» hamda ekstremistik ma’lumotlarni tarqatgan. Şuningdek, Boş prokuratura jinoiy iş qözğatilgani va «ma’muriy çoralar» körilgani haqida xabar berdi.
2020 yil avgust oyida Aleksandr Lukaşenko ğolib deb e’lon qilingan Belarusdagi prezidentlik saylovlaridan söng butun mamlakat böylab ovoz berişning rasmiy natijalariga, şuningdek, politsiya zöravonligiga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari boşlandi. Norozilik harakatida mustaqil kasaba uyuşmalari ham faol iştirok etdi.












