Prezident yiğilişda aholini qiynayotgan uy-joy bilan boğliq masalalarga töxtalib ötdi.
Uç yil avval aholini uy-joy bilan ta’minlaş böyiça bozor tamoyillariga asoslangan yangi ipoteka tizimi joriy etildi. Ötgan beş oyda ipoteka kreditlari hajmi 2,5 baravarga oşib, 310 mingdan ziyod oila şaxsiy uy-joyga ega böldi. Uy-joy quriliş hajmi ham 3 baravar oşdi.
Joriy yilda asosiy stavka oşganiga qaramay, ipoteka kreditlari böyiça banklarga ajratiladigan resurs stavkalari özgarişsiz qoldirildi. Şu yilning beş oyida 30 ming nafar yoki ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga köp fuqarolarga imtiyozli ipoteka krediti ajratildi.
Bildirilişiça, ipoteka kreditlarining çeklangan hajmi va subsidiya ajratişda byurokratiya böyiça aholi tomonidan köplab e’tirozlar bildirilmoqda.
Şuning uçun, mutasaddilarga 1 sentabrdan boşlab aholi daromadining kreditga yönaltiradigan qismini soliqdan ozod qiliş çegarasini oşiriş, ipoteka kreditini ajratişda aholi daromadlari böyiça tijorat banklariga qöyiladigan talablarni yengillaştiriş böyiça qaror loyihasini kiritiş topşirildi.
Mutasaddilarga ikki hafta muddatda subsidiya ajratişda byurokratiyani keskin qisqartiriş, uni oçiq-oşkora qilib, töliq raqamlaştiriş böyiça taklif kiritiş vazifasi qöyildi.

















