Vaşingtonning fikriça, Rossiya Ukrainaning egallab olingan hududlarini annexia qiliş uçun zamin tayyorlamoqda – ularga noqonuniy «hokimiyat» vakillarini tayinlaş, rublni mahalliy valuta sifatida joriy etiş va aholini Rossiya fuqaroligini qabul qilişga majburlaş kuzatilyapti. Bu haqda 19 iyul, seşanba kuni AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi Oq uyda bölib ötgan brifingda ma’lum qildi. 

Uning ta’kidlaşiça, Moskva Ukrainaning yaqinda egallab olingan hududlarida özining annexiasi paytida Qrimda bölgani kabi taktikadan foydalanmoqda. Xususan, gap Xerson, Zaporojye va butun Donbass atrofidagi hududlar haqida boryapti. 

Razvedka ma’lumotlariga köra, Rossiyani annexia qiliş harakatlari «kelişilgan va strategik» ahamiyatga ega bölib bormoqda, bu Moskvaning niyatlari haqidagi oldingi taxminlarni tasdiqlaydi, deya ta’kidladi Kirbi. Bunda, birinçi navbatda, Rossiya tomonidan tayinlangan hukumatlar soxta referendumlar ötkazadi, söngra «Rossiya bu referendumlardan foydalanib, suveren Ukraina hududini qöşib olişga harakat qilib köradi».

Uning sözlariga köra, AQŞ ittifoqdoşlari va hamkorlari bilan birgalikda Kreml tomonidan Rossiya «qöğirçoq»lariga qarşi sanksiyalar qöllaş orqali Ukrainaning yangi hududlarini annexia qilişga bölgan har qanday urinişlariga «tezkor va keskin» javob berişga tayyor. 

«Biz Rossiya tomonidan annexia qilingan hududlarni heç qaçon tan olmaymiz», dedi Milliy xavfsizlik kengaşi vakili.