Videoni taqdim etgan manbaning aytişiça, hodisa 17 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida röy bergan.
“Videoni menga döstim yubordi. Jabrlanuvçi özbekistonlik, tanişlarim yaşaydigan köp qavatli uyda ijarada turarkan. Rossiyada hujjatlarsiz işlab yurgani uçun politsiyani körib qoçgan ekan, uşlab olib ayamay kaltaklaşibdi”, deydi u.
Suhbatdoş Rossiyada köplab migrantlarga nisbatan qilingan nohaqliklar bosdi-bosdi bölib ketişini aytadi.
“Qonunni buzgandir, lekin bu politsiyaçilarga boşqa davlat fuqarosini urib-tepiş, bu darajada xörlaş huquqini bermaydi-ku. Inson huquqlari qayerda qoldi? Agar Özbekistonda içki işlar xodimlari Rossiya fuqarosiga nisbatan şunday muomalada bölişsa, nimalar bölib ketadi? Biznikilar Rossiyada bunday şafqatsiz muomalaga köp duç keladi, lekin aksar hollarda bu işlar bosdi-bosdi bölib ketadi. Köplab jabrlanuvçilar zöravonlar ustidan şikoyat ham qilişmaydi”, deydi ismi sir saqlanişini söragan manba.
Kun.uz videoni Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga ham taqdim etdi. Tahririyatga ma’lum qilinişiça, agentlikning Rossiyadagi vakillari hodisani örganişga kirişgan.
“Agar bu vaziyat aniqlaştirilsa, jabrlanuvçi Özbekiston fuqarosi bölib çiqsa, unda albatta uning himoyasi ta’minlanadi. Şuningdek, politsiyaçilarning xatti-harakatlariga ham huquqiy baho berilişi böyiça vakolatli taşkilotlarga murojaat qilinadi”, dedi agentlik matbuot kotibi Ortiqxöja Norov Kun.uz muxbiri bilan telefon muloqotida.
Avvalroq Voronejda migratsiya xodimi patent oliş uçun hujjatlarini rasmiylaştirişga kelgan özbekistonlik yigitga kuç işlatgani aks etgan etgan video tarqalgan, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi aralaşuvidan söng zöravon xodim işdan böşatilgandi.
Ötgan yili Tomskda Özbekiston fuqarosini kaltaklagan migratsiya xizmati xodimiga nisbatan jinoiy iş qözğatilgandi












