Zelenskaya ukrain tilida nutq sözladi. Kongress a’zolari uni olqişlar bilan qarşi olişdi. U nutqi avvalida bu Amerika kongressida boşqa mamlakat prezidenti rafiqasining ilk bor çiqiş qilişi ekanligini qayd etdi. 

Zelenskayaning nutqi avvali Rossiya agressiyasi parokanda qilgan oilalar, bolalar va tinçlikka bağişlandi. U Rossiya zarbasi oqibatida halok bölgan va tinç ukrainaliklarning uqubatlari timsoliga aylangan vinnitsalik qizaloq Liza aks etgan videoni namoyiş etdi. Şuningdek, Zelenskaya Kremençugga berilgan zarba qurbonlari hamda Rossiya agressiyasining boşqa köplab qurbonlari tasvirlangan foto va videolarni körsatdi. 

"Umumiy qadriyatlarimiz, hayotimiz va mustaqilligimiz uçun kuraşimizda AQŞ biz bilan birga ekanligidan minnatdormiz. Rossiya öldirmoqda – AQŞ qutqarmoqda", - dedi u.

Ukrainaning birinçi xonimi kongressmenlardan Ukrainani himoya qiliş uçun qurolli kuçlarga qurol va havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berişni davom ettirişni söradi.

"Ukraina xalqiga qarşi terrorni töxtatişga yordam beringlar", - dedi u.

Zelenskaya Ukraina hukumatida heç qanday rasmiy lavozimga ega emas, ammo uruşning tört oyi davomida siyosatçilar, jamoat taşkilotlari va jurnalistlar bilan öz darajasida muloqot olib bormoqda.

AQŞning misli körilmagan yordami

Kiyev Ğarbdan iloji boriça köproq hajmda yordam oliş uçun barça imkoniyatlardan foydalanmoqda.

Tört oy avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Kiyevga qöşimça harbiy texnika taqdim etişlarini sörab kongressga murojaat qilgandi.

Rossiya tajovuzidan söng Amerika kongressi Ukrainaga qariyb 40 mlrd dollarlik misli körilmagan yordam paketini ma’qulladi. Bu miqdorning katta qismi harbiy ehtiyojlarga, qolgani infratuzilmani tiklaş va Yevropadagi qoçqinlarga yordam körsatişga möljallangan.