20 iyul kuni Daniyada 1941 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori harorat qayd etildi. Bu haqda The Local Denmark portali xabar berdi.

"Yutlandiya ğarbidagi Borris şahrida 35,6 daraja harorat qayd etildi", - deyiladi portal xabarida.

Aniqlik kiritilişiça, avvalgi rekord 1941 yilda qayd etilgan – öşanda harorat 35,3 darajani taşkil etgan.

19 iyul kuni Buyuk Britaniyada yangi harorat rekordi qayd etilgandi. Ma’lumotlarga köra, Surrey grafligidagi Çarlvud şaharçasida havo harorati 39,1 darajaga yetgan.