21 iyul kuni Issiqkölda bölib ötgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining törtinçi maslahat uçraşuvi doirasida Qirğiziston, Özbekiston va Qozoğiston prezidentlari «XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantiriş maqsadida özaro döstlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlik töğrisida»gi şartnomani imzoladi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari esa mamlakatlaridagi protseduralar yakunlangaç uşbu hujjatni imzolaşini bildirgan.

Yetakçilar tomonidan «Markaziy Osiyo davlatlarining köp tomonlama formatdagi özaro hamkorligi Konsepsiyasi», «Yaşil kun tartibi» mintaqaviy dasturi hamda 2022-2024 yillarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş böyiça Yöl xaritasi tasdiqlandi.

Şuningdek, yetakçilar Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning «Orolni qutqariş xalqaro fondi» prezidenti vakolatlarini uzaytirişga doir qarorni ham imzolagan.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uçraşuv yakunlari böyiça qöşma bayonot ham qabul qilgan.

Mahalliy naşrlarning xabar berişiça, navbatdagi maslahat uçraşuvi 2023 yil yozida Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida bölib ötadi.