Test sinovlarida (kasbiy (ijodiy) imtihon) çet tili fani bölgan barça bakalavriat yönalişlariga hujjat topşirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning qator darajalariga ega bölgan abituriyentlarga uşbu fandan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

“Huquqiy axborot” kanaliga köra:

  • ingliz tili uçun – milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda TDYuU uçun writing'dan 5,5 ball), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro imtihon tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
  • yapon tili uçun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
  • nemis tili uçun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
  • fransuz tili uçun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
  • boşqa tillar uçun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari böyiça tilni biliş darajalari V2 va undan yuqori.