O‘zbekiston | 11:12 / 22.07.2022
25872
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari juda issiq harorat kuzatiladi

Bugun va dam olish kunlari mamlakat hududiga Eron hududlaridan juda issiq hamda quruq havo kirib kelishi davom etadi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, shu kunlarda harorat foni iqlimiy me’yorlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 40-45 daraja issiq atrofida, janubda va cho‘l zonalarida ba’zi joylarda 47 daraja issiqqacha bo‘lishi kutilmoqda. 

Quyosh urishining oldini olish maqsadida kunning ikkinchi yarmida to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlari ostida bo‘lmaslik tavsiya etilgan.

Shu bilan birga, respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Mavzuga oid