Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov 22 iyul kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi nutqida energetika sohasida qilinişi rejalaştirilgan işlar haqida töxtalib ötdi.

“Energetika va tabiiy gaz sohasida qilinayotgan işlar haqida qisqaça axborot berib ötmoqçiman. Bu boradagi işlar töxtayotgani yöq. Birinçidan, “Öztransgaz” AJning gaz sotib oliş va sotiş funksiyalarini yangi tuzilgan “UzGasTrade”taşkilotiga ötkazdik. Bu yerda kimlardadir bir çöntak örniga ikkinçi çöntak paydo böldi, degan savol tuğilişi mumkin. Ammo bunday bölmaydi. 2026 yoki 2027 yilga borib gaz sohasida ulgurji bozorga ötamiz.

“Öztransgaz”ni gaz sotib oliş va sotiş funksiyalaridan ozod qiliş uning moliyaviy ahvolini barqarorlaştirişi kerak. Bu esa infrastrukturani yaxşilaşga imkon beradi.

Elektr energetika sohasida ham xuddi şunga öxşaş işni qilmoqçimiz. “Milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini sotib oliş va sotiş funksiyasidan ozod qilinişi rejalaştirilmoqda. Gaz sohasida bölgani kabi maxsus “Power Trade”(nomi hali rasman tasdiqlanmagan) nomli taşkilot taşkil qilinadi. Bu esa “Milliy elektr tarmoqlari” AJni qöşimça funksiyalardan ozod etadi.

Elektr energetika sohasida regulyator tuzilib, energetika bozori iştirokçilari faoliyatini litsenziyalaş va amaldagi qonunçilikka rioya etilişi nazorat qilinadi. Ta’bir joiz bölsa, Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini qanday nazorat qilsa, uşbu regulyator ham bozordagi barça iştirokçilarning faoliyatini tartibga solib turadi”, dedi Qöçqorov.

Eslatib ötamiz, 2023 yilda 14 ta tuman va şaharda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga muqobil tarzda, iste’molçilarga elektr energiyasini sotadigan xususiy çakana elektr savdo kompaniyalari taşkil etiş közda tutilgan.

Kun.uz energetika sohasida 2022 yilga möljallangan rejalar tafsilotini yoritgan edi.