Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan oziq-ovqat inqirozini bartaraf etiş uçun yaqin kunlarda Qora dengizda xavfsiz yölak işga tuşişini aytdi.

"Yaqin kunlarda xavfsiz yölak işga tuşişi bilan bu masalani hal qiliş borasida katta qadam taşlanadi", - dedi u Istanbulda bölib ötgan oziq-ovqat inqirozini hal qiliş böyiça kelişuvni imzolaş marosimida.

22 iyul kuni Istanbulda Rossiya Ukraina, Turkiya va BMT bilan ğalla eksporti böyiça kelişuv imzoladi.

Ukraina tomonidan şartnomani mamlakat infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov, Rossiya tomonidan mudofaa vaziri Sergey Şoygu imzoladi. 

Rossiya va Ukraina bilan kelişuvlarni imzolaş uçun BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ham Istanbulga keldi.