Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabariga köra, maşğulotlar turli öquv nuqtalarida ötkazilib, qöşinlarni bir joydan ikkinçisiga köçirib ötkaziş, harbiy texnika va yuklarni taşişda foydalaniladigan temiryöl vagonlariga işonçli va mustahkam joylaştiriş, saqlaş va olib yurişni örgatiş maqsadida taşkil etildi.
Samarqand temiryöl bekati, şoxobçasi va aeroporti harbiy harakatlar tarkibiy bölimi xodimlari tomonidan maşğulotlarda harbiy texnika va yuklarni taşiş jarayonida tayinlangan qorovul şaxsiy tarkibining majburiyati, turli xil vaziyatlardagi harakatlari va alohida xizmat ötaşning boşqa ahamiyatli jihatlari harbiy texnikalarni yuklaşda zarur böladigan anjomlar xususida tuşuntirişlar berib ötildi.
Qayd etilişiça, maşğulotlar jarayonida asosiy e’tibor texnika xavfsizligi talablariga va texnikalarni vagonlarga yuklaşda ehtiyot çoralariga rioya etişga qaratildi.
Körgazmali tarzda ötilgan maşğulotlar doirasida zirhli hamda avtomobil texnikalarni platformalar orqali vagonlarga yuklaş-tuşiriş, ularni belgilangan tartibda mahkamlaş, texnikalarni taşişda niqoblaş işlari namoyiş etildi.

















