Ukraina Istanbulda Turkiya va BMT bilan ğalla eksporti böyiça kelişuv imzoladi, deb xabar berdi «Strana.ua».
Ukraina tomonidan şartnomani mamlakat infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov imzoladi.
Turkiya va BMT bilan xuddi şunday şartnomani Rossiya ham imzolaydi. Buning uçun Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu Istanbulga keldi.
U şuningdek, Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan muzokara ötkazdi.
Avvalroq Ukraina prezidenti ofisi rahbari Mixail Podolyak Kiyev ğalla böyiça kelişuvni bevosita Moskva bilan imzolamasligini bildirgandi.
Rossiya va Ukraina bilan kelişuvlarni imzolaş uçun BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ham Istanbulga keldi.













