Yevroittifoqqa Rossiya va Ukraina nizosi borasida yangi strategiya kerak, çunki Rossiyaga qarşi sanksiyalar işlamayapti, dedi Vengriya boş vaziri Viktor Orban.

Yevroittifoqning hozirgi strategiyasi tört tamoyilga asoslangan: Ukraina NATO qurollari bilan Rossiyani yenga oladi, sanksiyalar Rossiyani zaiflaştiradi va uning rahbariyatini izdan çiqaradi, sanksiyalar Yevropadan köra Rossiyaga köproq zarar beradi va butun dunyo Yevropani qöllab-quvvatlaş uçun birlaşadi, dedi u.

Biroq bu strategiya barbod böldi: Yevropadagi hukumatlar xuddi domino kabi ağdarilmoqda, energiya resurslari narxlari osmonga çiqib ketdi, deb hisoblaydi Vengriya boş vaziri.

«Biz barça ğildiraklari teşilgan maşinada ötiribmiz», — dedi u. 

Orbanning fikriça, YeI bunday yöl bilan ğalaba qozona olmasligi «kunday ravşan».

Vengriya iyun oyida Yevroittifoqni Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar kiritiş örniga u bilan diplomatik muzokaralar boşlaşga çaqirgandi.

Budapeşt şuningdek, Rossiyaga qarşi sanksiyalarning oltinçi paketi qabul qilinişiga uzoq vaqt qarşi çiqqandi.

Oxirgi haftalarda Yevropadagi bir neçta mamlakatlarning hukumat rahbarlari iste’foga çiqdi. Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson 7 iyul kuni iste’foga çiqişini e’lon qildi, Italiyada boş vazir Mario Dragi iste’foga çiqdi. Ulardan taşqari, Estoniya boş vaziri Kaya Kallas iste’foga çiqdi, lekin yangi koalitsion hukumatga yana özi rahbar böldi. Bolgariyada esa parlament boş vazir Kiril Petkov boşçiligidagi koalitsion hukumatga işonçsizlik votumi bildirdi.