Ğolib takliflarning umumiy qiymati 90 mlrd 25 mln sömni taşkil etib, mablağlar viloyat böyiça içki yöllarni ta’mirlaş, umumta’lim maktablarini ta’mirlaş va jihozlaş, yoritiş tizimlarini işga tuşiriş, maktabgaça ta’lim muassasalari, tibbiyot muassasalarini ta’mirlaş, jihozlaş va boşqa köplab yönalişdagi loyihalarni bajarişga qaratildi.
“Taşabbusli budjet” loyihasining ikkinçi bosqiçi boşlanişi oldidan biz birinçi bosqiç ğolib loyihalari qay darajada amalga oşirilgani bilan qiziqdik. Şu bois viloyatning çekka hududi bölgan Uluğnor tumanida hamda Şahrixon, Oltinköl tumanlaridagi loyiha ğolibi bölgan mahallalarda böldik.
Quvonarlisi, aholi “Taşabbusli budjet” tufayli mahallalariga kirgan obodlikdan xursand.
Oltinköl tumani Ittifoq mahallasida 1,7 kilometr yöl asfalt qilingan.
“Taşabbusli budjet” bizga juda ma’qul keldi. Qarangki, öz muammomizni telefonda ovoz beriş yöli bilan hal qila oldik. Köçamizga kirib-çiqişga taksistlar ham oğrinardi. Esimda, ayolim homilador bölganida “Tez yordam” köçamizga kira olmagan. Köça boşiga “nosilka”da olib çiqqanmiz. Hozir mana, asfaltlar qilindi, juda xursandmiz”, – deydi mahalla faoli Nizomiddin Hayitov.

Mahalladan xalq deputatlari Oltinköl tuman kengaşiga saylangan deputat Guldona Qurbonova va mahalla faoli Oltinbek Turdiyevlar “Taşabbusli budjet” mahalla ahlini birgalikda maqsad sari intilib natijaga erişiş mumkinligini isbotlaganini bildirişdi.
Şahrixon tuman Oqtönli mahallasida ham 2,7 kilometr yöl “Open Budget” loyihasi orqali asfalt qilinibdi.

“Yöllarimiz qişda loy-balçiq, öydim-çuqur, yozda çang-tözon bölib, mehmonlar kelsa uyalib qolar edik. Mahalla ahli töplanib, bir yoqadan boş çiqarib 2721 ta ovoz yiğdik. Mana endi mahallamizni juda köp köçalari asfalt qilindi. Aholi juda xursand”, deydi mahalla oqsoqollaridan Obidjon Nurmatov.





















