Nazorat uchrashuvi
«Real» — «Barselona» — 0:1 (0:1)
Gol: Rafinya, 27.
«Real»: Kurtua, Lukas Vaskes (Odriosola, 71), Eder Militao (Valexo, 62), Ryudiger (Mendi, 46), Alaba (Nacho, 46), Kamavinga (Kazemiro, 46), Valverde (Modrich, 46), Tshuameni (Kroos, 46), Rodrigo (Sebalos, 70), Vinisius Junior (M.Dias, 70), Azar (Asensio, 46).
«Barselona»: ter Shtegen (Inyaki Penya, 62) Arauxo (Dest, 63), Erik Garsiya, Kristensen (F. de Yong, 46), Jordi Alba (Aleks Balde 46), Buskets (Niko Gonsales, 63), Gavi (Kesse, 46), Pedri (Serji Roberto, 63), Rafinya (Depay, 63), Ansu Fati (Dembele, 46), Levandovski (Obameyang, 46).

Ispaniyaning yangi mavsumi reklamasi

Yakshanba kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan klasiko uchun eng yaxshi ta’rifni Karlo Anchelotti berdi. «Barselona»ga qarshi o‘yin hech qachon o‘rtoqlik o‘yini bo‘lmaydi», — dedi o‘tgan mavsum triumfatori va uning bu so‘zlari haqiqatga yaqin.

Birinchidan, boshqa nazorat uchrashuvlari top darajadagi rasmiy uchrashuvlarga havas qilgan holda shovqin ko‘tarishga yarashi mumkin. Xuddi uch yil oldingi Madrid derbisida bo‘lgani kabi, o‘shanda «Atletiko» safida fantastik o‘yin ko‘rsatib, poker qayd etgan va maydondan chetlatilgan Diyego Kosta ispan gazetalari muqovalarini egallagandi (o‘yin «Real»ning 3:7 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan).

Ikkinchidan, Amerika zaminidagi klasikoga Ispaniya chempionatining oldinda turgan, aql bovar qilmas intriga va’da qiluvchi mavsumining reklama tizeri sifatida qarash mumkin. Va bularning barchasi «Barsa» olib borgan transfer kampaniyasi samarasidir, klubga yaqin insayderlardan biri bu yozdagi kampaniyani futbol simulyatoridagi vaziyatga qiyosladi.

Bu safar «Real» alohida nuqtalar uchun xaridlar amalga oshirdi va Eden Azarni «aldamchi to‘qqizlik» sifatida o‘ynatib, Karim Benzema uchun yuklamani yengillashtirishni ko‘zlagan. Anchelotti hatto madridliklar uchun transfer kampaniyasi yakuniga yetgani va ularda barchasi ajoyib ekanini aytib chiqdi. «Barsa» esa misli ko‘rilmagan saxiylik attraksioni uyushtirdi va unga uzoq muddatli abonement sotib oldi.

«As-Sadd»dagi faoliyati vaqtida Eronga amalga oshirgan tashriflari tufayli Xavi faqat payshanba kuniga kelib jamoaga qo‘shila oldi, Amerika unga viza berishga shoshilmadi. Lekin murabbiy allaqachon ikkita teng kuchli tarkibga ega bo‘lib ulgurgan. Odatda bunday holatlarda murabbiy uchun yoqimli bosh og‘rig‘i haqida eslatishadi. Ha, jarohatlar bo‘ladi, masalan, Ferran Torres mavsumlar oralig‘idagi ilk mashg‘ulotlardayoq safdan chiqdi, ammo birgina qanot uchun Ansu Fati, Usmon Dembele va Rafinya raqobatlashganda tanlov amalga oshirish oson emas. Yoki hujum markazida Levandovski va Obameyangga bir vaqtning o‘zida joy topib berish.