Ukrainada uruşning 151-kuni. Sönggi ma’lumotlar:
- 23 iyul kuni Rossiya Odessa portiga qanotli raketalar uçirdi — bu ukrain ğallasini Qora dengiz portlari orqali olib çiqiş böyiça kelişuv tuzilişidan bir kun ötmay sodir böldi. BMT, Yevroittifoq va AQŞ portga yöllangan zarbani qoraladi.
- Avvaliga Rossiya rasmiylari va hokimiyat organlari hodisaga şarh berişmadi, ammo keyin Davlat dumasi deputati va teleboşlovçi Yevgeniy Popov hamda TIV spikeri Mariya Zaxarova portga aynan RF qöşinlari tomonidan zarba yöllanganini tasdiqlaşdi, ammo zarbalar harbiy infratuzilmaga yöllangani aytildi.
- Vengriya boş vaziri Viktor Orban Ğarb Rossiya bilan tinçlik muzokaralari kerakligini aytdi. Uning sözlariga köra, Moskvaga qarşi sanksiyalar iş bermagan, Kiyev esa uruşda ğolib böla olmaydi.
- Ukrainaning işğoldagi Xerson va Zaporijjya oblastlarida Rossiyaga qöşiliş uçun referendum ötkaziş böyiça saylov komissiyalari tuzilmoqda.
- Ukrainalik jurnalist Denis Kazanskiy VGTRK harbiy korrespondenti Aleksandr Sladkov Luhansk oblastida bir kişini urib ketganini aytdi, avariya guvohlari aloqaga çiqmay qöygan. Sladkov barçasini rad etmoqda.
- IMAX korporatsiyasi Rossiyadan ketmoqda. Mamlakatda uning 50 dan ortiq kinozallari qoladi.
Quyida sönggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkiv


Abdullah Unver / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press



























