Sudyaning robot maslahatçisi

Xitoy mamlakatdagi sud tizimini yaxşilaş uçun sun’iy intellektdan foydalanadi. Zamonaviy texnologiya allaqaçon qonunlar tavsiya etiş, hujjatlarni tayyorlaş va qaror qabul qilişdagi xatolarni aniqlaş bilan şuğullanmoqda.
E’tiborli jihati, sudyalar har bir iş böyiça AI bilan maslahatlaşişlari kerak. Agar ular “robot” tomonidan tavsiya etilganidan boşqaça harakat qilsa, tuşuntiriş xati yozişlariga töğri keladi.
Pekinda uşbu tizim qöllanmoqda. Tanqidçilar AI “jazolaş” huquqini qölga kiritgani va odamlar ustidan hukmronlik qila boşlaganini ta’kidlamoqda.
Avvalroq, Xitoyning Şanhay şahrida “raqamli prokuror” xizmatlaridan foydalanilayotgani xabar qilingandi. Sun’iy ong 17 mingdan ortiq işni örganib çiqib, prokurorlik qobiliyatiga ega bölgan va 97 foiz aniqlikda ayblov e’lon qilgan.
40 mingta virtual iş örni

Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahri hokimligi beş yil içida 40 mingta virtual iş örni yaratiş va budjetga 4 mlrd dollar keltirişi möljallangan “Dubay metakoinoti” loyihasi işga tuşirilganini e’lon qildi.
Strategiya beş yil içida Dubaydagi blokçeyn-kompaniyalar sonini beş baravarga köpaytirişga qaratilgan. Hukumat foydalanuvçilar uçun xavfsiz va işonçli platformalarning global standartlarini işlab çiqiş hamda infrastruktura yaratiş ustida iş olib bormoqda.
Sayyoralararo tezyurar kosmik poyezd














