Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida 23 iyul kuni «Gazel» yuk avtomobili yonib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga köra, soat 19:35 da Yakkasaroy tumani Bobur köçasidagi köprik ustida harakatlanib ketayotgan «Gazel» rusumli yuk avtomobilida yonğin sodir bölayotgani töğrisida şahar FVBga xabar kelib tuşgan.
Şundan söng 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 19:39 da voqea joyiga yetib borgan va yonğin soat 19:44 da öçirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.













