Özbekistondagi ayrim banklarda 25 iyul, duşanbadan boşlab naqd valuta tanqisligi kuzatilmoqda.

Jurnalist Aziza Qurbonova Telegram'dagi kanalida banklarda dollar defitsiti kuzatilayotgani haqida yozdi. Uning sözlariga köra, Ipak yöli banki boş ofisida 2 ming dollardan ortiq mablağni naqd yeçişga çeklov qöyilgan.

“Asos va sababni heç kim aytib berolmadi. Aytişlariça, ötgan payşanbada bankda heç qanday çeklov bölmagan. Ipak yöli bankning Miroboddagi filialida esa jismoniy şaxslar 3000$ gaça yeçyapti.

Şoşganda filialma filial yuriş – juda muammo. Pulini zarur miqdorda yeçolmayotganlar şahar böylab filiallarda uçraşib qolyapmiz şu issiqda. Deylik, bugun 10 ming dollar kerak bölgan odam kamida 3-4 ta filialga borişi kerak bölyapti. Bitta yigit esa AQŞga ketişi kerak – unga 40 ming dollar kerak. Menimça, tösatdan möjiza yuz bermasa, bu iş bilan yana 3 kun yursa kerak. Şunaqa gaplar”, – deydi u.

Bank-moliya sohasi mutaxassisi Ismoil Turopovning yozişiça, u telefon qilgan 8 ta bank bunaqa katta miqdordagi (30-50 ming dollar atrofida) pul bank kassasida bölmasligi mumkinligini aytgan.

U banklar “muammo bor” deb aniq aytmagan bölsalar-da, haqiqatan ham naqd valuta bilan boğliq çeklovlar örnatilganini, bu köproq “spekulyativ amaliyotlarni çegaralaş” uçun ekanini uqtirişga harakat qilişganiga e’tibor qaratgan.

Kun.uz manbasining sözlariga köra, Hamkorbankning bir neçta filialida ham katta miqdorda naqd valuta olib bölmayapti. Anorbankda ham 2000 dollargaça valuta oliş mumkin. Ayrim banklarda örnatilgan limitdan köproq valutani “rais ruxsati bilan” oliş mumkin bölmoqda.

Hozirça banklar rasmiy ravişda izoh bermadi. Faqat Kapitalbank juma kuni ayrim pul ötkazmalarini töxtatayotgani, bunga “öz xususiyatlariga köra şaxsiy maqsadlarga zid bölgan ötkazmalar soni köpaygani” sabab bölganini e’lon qildi.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov payşanba kungi matbuot anjumanida banklarda naqd valuta yetişmovçiligi bölişi xavfi mavjud emasligi, ularni naqd valuta bilan ta’minlaş uçun yetarli naqd valuta zaxirasi şakllantirilganini aytgan edi