Faradair kompaniyasi mahalliy parvozlar uçun möljallangan gibrid elektr samolyotini işlab çiqariş va sotişni rejalaştirmoqda. U 19 tagaça yölovçi örindiğiga ega böladi, elektr motoridagi propeller esa dvigatel vazifasini bajaradi. Kiçik gaz turbinasi elektr energiyasi manbayi böladi.
Havoga kötariş kuçini oşiriş, şuningdek, kiçik aerodromlarda uçiş va qöniş uçun samolyotda uçta qanot bölişi közda tutilgan. Uni Birinçi jahon uruşidagi qiruvçi samolyotlarga öxşatiş mumkin. Biroq bu samolyot eng zamonaviy aerodinamik körsatkiçlarga ega böladi.
Kompaniya rahbari Gil Kloulining sözlariga köra, boşqa samolyotlar bilan taqqoslaganda, bu maşinaning harakatlanuvçi qismlari sezilarli darajada kamroq bölib, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiradi. Bundan taşqari, samolyot dvigateli kamroq şovqin va zararli çiqindilar çiqaradi.
«Nega biz avtobuslardan foydalanganimiz kabi samolyotlardan muntazam ravişda foydalanmaymiz?» – deb savol qöyadi Klouli.
«Bu asosan ekspluatatsiya xarajatlariga boğliq. Bundan taşqari, samolyot qançalik katta bölsa, şovqin ham şunça baland böladi. Albatta biz kelajakdagi ekologik barqarorlik haqida öylaşimiz lozim. Şu tufayli, samolyotni nafaqat tejamkor, balki arzon, şovqinsiz va ekologik toza qilişga qaror qildik», – deb javob beradi uning özi.
Faradair bir-biridan unçalik uzoq bölmagan şaharlar örtasida tez va arzon sayohat qiliş imkoniyatini yaratmoqçi: masalan, Londondan Mançesterga 25 funt sterlingga uçiş mumkin, bu poyezd çiptasidan arzonroq.
Uzoqroq va boriş qiyin bölgan hududlarda ham bu samolyot juda qöl kelişi mumkin. U qisqa yölaklarda uçib, qöna oladi. Undan foydalaniş natijasida oddiy yöllar yoki temiryöl liniyalariga katta hajmda investitsiya kiritişga hojat qolmaydi.
Birinçi samolyot 2025 yilda havoga kötarilişi, tijorat parvozlari esa esa 2027 yilda boşlanişi rejalaştirilgan.
Dunyo davlatlari atmosferaga uglerod çiqindilarini kamaytiriş usullarini izlayotgan bir paytda, Faradair elektr aviatsiyasida salohiyatni körayotgan yagona kompaniya emas.
Masalan, Kaliforniyada joylaşgan Wright Electric kompaniyasi yaqin ön yil içida 100 örindiqli, tölaqonli elektr samolyotini bozorga olib çiqişni rejalaştirmoqda. U mavjud Bae146 samolyoti negizida işlab çiqariladi, biroq uning törtta turbo dvigateli elektr parraklariga almaştiradi.
Kompaniya allaqaçon Easyjet loukosteri bilan hamkorlik qilyapti. Elektr samolyoti taxminan bir soat davom etadigan parvozlar uçun möljallangan böladi, masalan, London – Parij, Nyu-York – Vaşington yoki Hongkong – Taypey kabi yönalişlarda.















