Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruği bilan Abduvoitjon Huseynoviç Ğafurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
41 yoşli Abduvoitjon Ğafurov iqtisodçi va dasturçi-muhandis mutaxassisligiga ega.
U öz faoliyati davomida qator xususiy sektor korxonalarida texnik, ijroçi va boş direktor kabi rahbarlik lavozimlarida iş olib borgan.
Ma’lumot uçun, prezidentning şu yil 16 iyundagi «Aholiga tez tibbiy yordam körsatiş tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi qarori asosida tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxöjaliklar negizida Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali taşkil qilingandi.
SSV matbuot xizmati aniqlik kiritişiça, mazkur tuzilma soğliqni saqlaş sohasida tez tibbiy yordamning yagona vertikal boşqaruv tizimi sifatida faoliyat yuritadi.
Şuningdek, yuqoridagi qarorda tuzilmaga mamlakat böylab tez tibbiy yordam böyiça yagona elektron avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimi va yagona «Call-markaz»lar faoliyatini yölga qöyiş, tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar bilan, tez tibbiy yordam brigadalarini planşetlar bilan töliq ta’minlaş, IT-texnologiyalardan samarali foydalangan holda tizimni unikal körinişga keltiriş böyiça vazifalar yuklatilgan.












