Antonov köprigining körinişi. Foto: WIKIPEDIA/UAQUANTUM 

Ukrain harbiylari ötgan haftada Antonov köprigini öqqa tutişdi - bu Rossiya armiyasi tomonidan bosib olingan Xerson oblasti hududidan ötgan Dnepr daryosining öng va çap sohilini boğlovçi strategik muhim ahamiyatga ega bölgan köprikdir. Agar köprik vayron qilinsa, Xersondagi rossiyaliklar guruhi aloqa va ta’minotsiz qoladi. Kiyev Moskvaga navbatdagi «ezgu niyat qadami»ni taşlagan holda şahardan çekiniş kerakligiga işora etmoqda. Ammo Xerson oblastidagi asosiy köpriklarni şunçaki yöq qiliş osonmi va Ukraina qurolli kuçlari şunday yöl tutişi mumkinmi?

Rossiya armiyasining Qrimdan Xerson oblastiga yorib kirişi Ukrainadagi «blitskrig»ga urinişdagi yagona muvaffaqiyat bölgandi. RF qurolli kuçlarining şturmçi otryadlari uruşning ilk kunlaridayoq yarimoroldan Dneprning öng sohiligaça yetib kelişgan va Xersonni egallaşgandi.

Öşanda bu muvaffaqiyatning asosiy omili Dnepr daryosidek tabiiy suv tösiği mavjud bölgan holatda hujum amaliyotlari tezligi uçun strategik ahamiyat kasb etuvçi asosiy köpriklar ustidan nazorat örnatiş bölgandi.

Garçi keyinroq Mikolayiv tomon yurişlarni ukrain armiyasi töxtata olgan va hatto rossiyalik harbiylarni ortga çekintirgan bölsa-da, rossiyaliklar Dneprning öng sohilidagi platsdarmni hamon saqlab qolişmoqda.

Şu bilan birga, Ukraina qurolli kuçlari Xerson oblastidagi asosiy köpriklarga zarbalar bera boşlagaç, Rossiyaning bu hududdagi guruhi taqdiri tobora köp savollar tuğdirmoqda.

Portlatilmagan Antonov köprigi va boşqa keçuvlar

Xerson oblastida Dnepr orqali ötadigan uçta asosiy keçuv bor: Xerson yaqinidagi Antonov avtomobil köprigi (yoki şunçaki «Antonov köprigi»), undan 6 km şimoldagi Antonov temiryöl köprigi, şuningdek Nova Kaxovkadagi Kaxovka suv ombori dambasi - bu Xersondan 70 km şimolda.

Aynan Antonov köprigi eng asosiysi hisoblanadi - u Xersonga eng yaqin joylaşgan ötiş yölidir.

Bu köprik 1985 yilda qurilgan, 31 ta tayanç ustuni bor, yöl kengligi 25 m, uzunligi - 1366 m. Köprik Dnepr va uning çap irmoği Konka ustidan ötadi.