Davlat ekologiya qömitasi axborot xizmatining xabar berişiça, qömita tasarrufidagi “Hisor” davlat qöriqxonasi Ğilon bölimi qöriqlaş xodimlari tomonidan örnatilgan yaşirin fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlangan.

Ma’lumot uçun, Turkiston silovsini Özbekiston Qizil kitobi va xalqaro Qizil kitobga kiritilgan bölib, hozirgi kunda noyob tur hisoblanadi. Turkiston silovsini asosan Ğarbiy Tyan-Şan toğlarining Ugom, Piskom, Çotqol va Pomir-Oloy toğlarining Turkiston, Hisor, Köhitang toğ tizmalarining baland qismida yaşaydi.

Turkiston silovsini Özbekistondan taşqari Markaziy Osiyo mamlakatlari, Qozoğiston, Möğuliston, Ğarbiy Xitoy, Afğoniston, Pokiston, Şimoliy Hindistonda uçraşi aniqlangan.

Qayd etilişiça, Turkiston silovsini Davlat ekologiya qömitasi tomonidan doimiy muhofazaga olingan.

Avvalroq, “Hisor” davlat qöriqxonasiga örnatilgan fotoqopqonga noyob qor qoplonlari va noyob qizil suğurlar muhrlangan edi.