Yaqinda Jahon banki (JB) tomonidan Qirğiziston, Tojikiston va Özbekistonda ötkazilgan «Biznes pulsi» (Business Pulse Survey) tadqiqoti uruşning korxonalar faoliyatiga, jumladan, har bir mamlakat kontekstida ehtimoliy ta’sirini baholaş imkonini beruvçi yangi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Kötarilgan xarajatlar va narxlar 

Tadqiqotda qatnaşgan Markaziy Osiyoning uçta davlatidagi korxonalarning 65 foizi 2022 yil fevralidan beri işlab çiqariş tannarxining oşişiga duç kelayotganini ma’lum qildi. Köp jihatdan bunday xarajatlarning oşişi Qirğiziston korxonalari uçun xarakterli, çunki ular Rossiyadan köproq mahsulot va materiallar sotib oladi. Umuman olganda, sörovda qatnaşgan korxonalarning 43 foizi Rossiya va Ukrainadan import hajmi kamaygani yoki bu mamlakatlardan xaridlar töliq töxtatilgani haqida xabar bergan. Işlab çiqariş tannarxining oşişi korxonalarni mahsulot narxini oşirişga yoki rentabellikning pasayişi bilan kuraşişga majbur qildi. 

Bundan taşqari, öz mahsulotlarini Rossiya yoki Ukrainadan eksport qiluvçilarga yoki transmilliy korporatsiyalarga sotadigan korxonalar sotuvlar örtaça 5 foizga kamayganligi haqida xabar berdi (katta özgarişlar bilan - sotuvning taxminan 3 foizdan 13 foizgaça qisqarişi), Rossiya yoki Ukrainaga mahsulot sotmaydigan korxonalarning savdosi esa örtaça 5 foizga oşdi. 

Kreditlardan foydalaniş

2022 yil fevralidan Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston korxonalari moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelmoqda, buning sababi rentabellikning pasayişi va yangi kredit mablağlaridan foydalaniş qiyinligi bölişi mumkin. Sörovda qatnaşgan korxonalarning çorak qismi şunday qiyinçiliklarni boşdan keçirmoqda, şuning uçun ular öz kreditlarini töğrilaş va qarz yukini kamaytirişi kerak. Kreditni töğrilaş zarurati Rossiya bilan uç mamlakat içida eng köp savdo-sotiq bilan integratsiyalaşgan Qirğiziston korxonalari tomonidan seziladi. 

Qiziği şundaki, barça korxonalar moliyaviy holatidan (beqarorlik darajasidan) qat’i nazar, kredit olişda tobora ortib borayotgan qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Kredit olişda asosiy qiyinçiliklar röyxatida birinçi örinda foiz stavkalari bor. Ikkinçi örinda garov ta’minoti va kafolatlar mavjud bölib, bu korxonalarga ösib borayotgan kredit riskini yengiş va kredit stavkalarini pasaytirişga yordam beradi. Uçinçi örinda esa banklarning kredit berişni istamasligi, kreditlaş qoidalarini kuçaytirişi va global noaniqlikning kuçayişi şaroitida tavakkalçilikdan voz keçişi tufaylidir.