Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan hududlarda ötkazilayotgan soğlomlaştiriş aksiyalari doirasida vazirlik markaziy apparati jamoasi, respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari va şifokorlari, tibbiyot oliy öquv yurtlari olimlari, jami 150 nafardan iborat maxsus guruh Andijon viloyatiga keldi.


Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, Xonobod şahrida soğlomlaştiriş aksiyasi doirasida taşkil etilgan sayyor tibbiy qabulda nafaqat şu hudud, balki qöşni Qörğontepa, Jalaquduq tumanlari va Qorasuv şahri aholisi ham iştirok etdi.


Şahar markazidagi madaniyat va istirohat boğida yiğilgan keksa yoşdagi nuroniy otaxon va onaxonlar, yoş onalar, bolajonlar, qöyingki, yuzlab aholi poytaxtdan kelgan malakali şifokorlar tomonidan tibbiy körikdan ötkazildi.

Sayyor qabul iştirokçilari dastlab röyxatga olinib, elektron tarzda tor soha mutaxassislari körigiga yönaltirildi. Şundan söng bemorlik darajasiga köra tasniflanib, körsatiladigan tibbiy xizmat hajmi tuman, viloyat va respublika miqyosida belgilab olindi.
Muammoli masalalar bilan kelgan fuqarolarni Soğliqni saqlaş vazirligi mas’ullari qabul qilib, murojaatlariga tezkor yeçim topiş çoralari körildi.
Murakkab jarrohlik amaliyotlari talab etiladigan, biroq davolanişga imkoni yöq aholi vakillariga şu joyning özida davlat hisobidan davolaniş uçun yöllanmalar rasmiylaştirildi.

Sayyor tibbiy qabulga onasi hamrohligida kelgan 41 yoşli oğir bemor Bahrom Ablazov Xonobod şahrida yaşaydi. 3 nafar farzandi bor. Uşbu fuqaro 10 yildirki, oğir kasallik – tos-son böğimi yemirilişi xastaligining azobini tortadi, bir neça yil avval tos-son böğimining bir tomoni jarrohlik yöli bilan davolanadi. Ammo ikkinçi tomoniga kelganda oila biroz qiynalib qolgan. Qabulda vazirlik mutasaddilari uning murojaatiga quloq tutdi. Bemorga davlat hisobidan bepul protez qöyilib, davolanadigan böldi.





















