Yevropa ittifoqi mamlakatlari gaz iste’molini kamaytiriş böyiça favqulodda rejani tasdiqladi. 26 iyul, seşanba kuni u YeI davlatlari energetika vazirlarining Bryusselda bölib ötgan navbatdan taşqari yiğilişida köpçilik ovoz bilan ma’qullandi, deb xabar berdi Çexiyaning YeIdagi vakolatxonasi. Hozirda Çexiya Yevroittifoqqa raislik qilmoqda.
Yangi rejadan közlangan maqsad Rossiyadan gaz yetkazib berişning töliq töxtatilişi natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan xatarlarni kamaytirişdir. Diplomatik manbalarga köra, Yevrokomissiya taklif qilgan reja 2022 yil 1 avgustdan 2023 yil 31 martgaça milliy gaz iste’molini 15 foizga qisqartirişni nazarda tutadi.
Bundan taşqari, gaz yetkazib berişda keng miqyosda taqçillik yuzaga kelgan taqdirda YeI doirasida ogohlantiriş e’lon qiliş imkoniyati nazarda tutilmoqda. Gaz iste’molini tejaş böyiça majburiy maqsadlar ham belgilanişi kerak va Yevrokomissiyaning birinçi loyihasi bilan taqqoslaganda, bu maqsadlar uçun tösiqlar oşiriladi, ehtimoliy istisnolar soni köpaytiriladi.
Avvalroq, 25 iyul kuni «Gazprom» «Şimoliy oqim» gaz quvuri orqali gaz yetkazib berişga mas’ul bölgan «Portovaya» kompress stansiyasida yana bir Siemens turbinasi töxtatilganini e’lon qilgan va buni ta’mirlaş işlari zarurati bilan izohlagan edi. Turbinaning töxtatilişi munosabati bilan «Şimoliy oqim» orqali gaz yetkazib beriş 27 iyuldan kuniga 33 million kubometrgaça qisqartiriladi, bu quvvatning taxminan 20 foizini taşkil qiladi.
Öşa kuni Germaniyaning Siemens Energy kompaniyasi «Gazprom»ga Kanada tomonidan berilgan, «Şimoliy oqim» gaz quvurining «Portovaya» kompress stansiyasi uçun turbinalarni ta’mirlaş, xizmat körsatiş va taşiş imkonini beruvçi eksport litsenziyasini yuborgani xabar qilingan edi.












