Özbekiston Superligasida mavsumning birinçi yarmidan söng yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, “Bunyodkor” jamoasi 12-26 iyul kunlari Belarus Respublikasi poytaxti Minsk şahrida ikkinçi davraga puxta tayyorgarlik jarayonini olib bordi.

Ölkamizdagi jazirama issiqni Minskdagi salqin havoga almaştirgan “qaldirğoçlar” Qahramon şaharda juda ham qulay şart-şaroitlarda maşğulotlar olib borişdi, mahalliy yetakçi klublar bilan bir qator nazorat öyinlarida iştirok etişdi.
“Uşbu yiğinni bizga taşkil etib bergani uçun boş homiyimiz – “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga hamda şaxsan klubimiz prezidenti Mehriddin Abdullayevga butun jamoamiz nomidan minnatdorçilik izhor etamiz. Yiğin har tomonlama foydali ötdi. Yoz fasli bölişiga qaramay, bu yerda futbol uçun öta qulay ob-havoda şuğullandik. Bu jabhada futbolçilar maza qilib maşqlar olib borişdi. Boşqa barça taşkiliy masalalar ham a’lo darajada muhayyo etildi. Sparring raqiblarimiz ham Belarus oliy ligasidagi eng oldi klublar bölişdi. Faqatgina “Arsenal” (Dzerjinsk) turnir jadvalida pastroqda bormoqda. Qolgan uç raqib – “Energetik-BGU” (Minsk), “Isloç” (Minsk tumani) va “Minsk” klublari kuçli beşlikdan joy egallaşgan.

Ularga qarşi turli natijalarni qayd etdik. Lekin, barçaga ayonki, yiğindagi uçraşuvlarda natija köproq muhim emas. Asosiysi, jamoa öyini mazmunini, turli taktik sxemalarni tekşirib oliş, yangi futbolçilarni körikdan ötkaziş. Öylaymanki, biz barçasiga ulgurdik. Va mazkur yiğindan özimiz uçun kerakli xulosalar çiqarib oldik. Bu holat bizga ikkinçi davrada rosa asqatadi, albatta. Işonçim komilki, Minsk yiğini samarasini mavsumning keyingi yarmida şogirdlarim maydonda çiroyli körinişda namoyon etişadi”, - dedi taassurotlari bilan örtoqlaşar ekan jamoa boş murabbiysi Viktor Karpenko.

“Bunyodkor” Minskda muhtaşam va aynan sportçilarga moslaşgan “Viktoriya Olimp” mehmonxonasida istiqomat qildi. Maşğulotlar şahardan taşqarida, örmonli salqin joyda olib borildi. Dam oliş vaqtlarida esa butun jamoa qahramon şahardagi Komsomol köli böylab “Svisloç” teploxodida sayr qilgan damlar ham böldi. E’tiborlisi, “Bunyodkor” bu yil yozgi yiğinni xorijda ötkazgan yurtimizning yagona jamoasiga aylandi.















