Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 43,8 ming (4,6 foiz) hamda 2020 yilga nisbatan 15,4 ming (2 foiz) tonnaga kamaygan.

Tashlamalar kamayishiga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillar quyidagicha: korxona va tashkilotlarda “yashil” texnologiyalarga bosqichma-bosqich o‘tish, kamchiqitli texnologiyalar qo‘llanilishi, turg‘un tashlama manbalariga o‘rnatilgan chang-gaz tozalash uskunalari doimiy modernizatsiya qilinishi.

Joriy yil boshidan 400 ga yaqin yirik sanoat korxonasining 1500 ga yaqin chang-gaz tozalash uskunasi xatlovdan o‘tkazilib, shundan 270 ta korxonaning 1000 dan ortiq uskunasini modernizatsiya qilish va yangisiga almashtirish lozimligi ma’lum bo‘ldi. 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yil mart oyida tasdiqlanib, ijroga qaratilgan.

Bunda, har bir sanoat korxonalari chang-gaz tozalash samaradorligi hozirgi 75-80 foizdan 95-99,5 foizga yetkaziladi, buning evaziga atmosferaga yillik tashlanayotgan 15 ming tonnadan ortiq zararli gazlar kamayishiga erishiladi.

O‘tgan davr mobaynida 30 ta sanoat korxonasida umumiy 114 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini ta’mirlash va yangilariga almashtirish ta’minlangani aytiladi.