AQŞ Tayvanga vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining ehtimoliy taşrifi munosabati bilan uşbu yönalişda aviataşuvçi kemalarini jönatdi. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) xabar berdi.

25 iyul kuni «Ronald Reygan» atom aviataşuvçisi va boşqariluvçi raketalar joylaşgan esminets va kreyserdan iborat guruh Singapurdan çiqqan va Janubiy Xitoy dengizi tomon yöl olgan.

Amerikalik harbiylar kemalarning yakuniy manzili haqida ma’lumot bermagan, biroq qayd etilişiça, «agar ular şu yönalişda davom etsa, Tayvan böğoziga yetib boradi».

Avvalroq Xitoy AQŞdan vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga taşrifini taşkil etmaslikni talab qilgandi. 

Xitoy mudofaa vazirligi matbuot kotibi Tan Kefeyning sözlariga köra, Pelosi AQŞ hukumatidagi uçinçi şaxs hisoblanadi va uning taşrifi «yagona Xitoy» tamoyiliga ziddir.