Yunon-rum kuraşi böyiça Özbekiston milliy jamoasi vakillari musobaqada muvaffaqiyatli iştirok etmoqda.

55 kg vaznda Xurşid Normuhammadov yaponiyalik Kohaku Kanazavani 5-4 hisobida mağlub etdi. 65 kg vaznda gilamga çiqqan Behruz Barnoyev esa ozarbayjonlik Ali Alizodani 9-3 hisobida yengdi. Har ikkala sportçi bronza medaliga ega böldi.

45 kg vaznda kuraşayotgan Şahzod Rözioxunov 1/4 finalda ozarboyjonlik Husayn Savadovni 11-3 hisobida, 1/2 finalda ruminiyalik Ionut Mereutani 9-0 hisobida mağlub etdi. Finalda ukrainalik Yevgen Pokovbaga qarşi gilamga çiqib, 0:9 hisobida imkoniyatni boy berdi va kumuş medali bilan taqdirlandi.

51 kg vazn toifasida Aytjan Xalmaxanov 1/8 finalda Amare Feteneni (Isroil) 4-1 hisobida, 1/4 finalda Vadat Qosimlini (Ozarboyjon) 12-4 hisobida, 1/2 finalda esa Anri Xozrevanidzeni (Gruziya) 8-0 hisobida yengdi. Finalda Muhammadrizo Ğulomiyni (Eron) 5:0 hisobida mağlub etib, oltin medalni qölga kiritdi.

71 kg vaznda Amir Vahobov 1/16 finalda ukrainalik Maksim Radikka 0:9 hisobida yutqazdi.