AQŞ prezidenti Jo Bayden va XXR raisi örtasidagi telefon orqali muloqot ikki soatdan köproq davom etdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
"Baydenning Si Jinping bilan telefon orqali muloqoti yakunlandi, ular 2 soat 17 daqiqa suhbatlaşişdi", - deyiladi xabarda.
Bu ikki mamlakat yetakçilarining beşinçi va mart oyidan buyon birinçi suhbati hisoblanadi.
Oxirgi vaqtda AQŞ vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga bölajak taşrifi sababli Xitoy va Qöşma Ştatlar orasidagi keskinlik kuçaydi. Xitoy mudofaa vazirligi taşrif amalga oşadigan bölsa keskin çoralar köriş bilan tahdid qildi, AQŞ esa Janubiy Xitoy dengiziga aviataşuvçi kemalarini jönatdi.












