29 iyul kuni bölib ötgan Şanxay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişidan söng Özbekistonning ŞHT böyiça milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov a’zo davlatlar özaro savdoda AQŞ dollaridan voz keçişi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Özbekiston ŞHTdagi raisligida eng ustuvor yönaliş iqtisodiy yönaliş hisoblanadi. Bu sanoat kooperatsiyasi, içki savdo, yaşil iqtisodiyot va raqamli transformatsiya – bularning hammasi raisligimizning ustuvor yönalişi sifatida konsepsiyada öz aksini topgan. Bu borada Samarqanddagi tadbirda yangi hujjatlar qabul qilinişi kutilmoqda.
Bosqiçma-bosqiç [ŞHTga a’zo davlatlar örtasida] milliy valutalar orqali savdoga ötiş masalasi – bugungi kunda yuzaga kelgan mavzu emas. Bu mavzu ayrim davlatlar tomonidan ŞHTda bir neça yillardan buyon kötarib kelinmoqda. Bu borada yakuniy töxtamga kelinmagan.
Maxsus bir reja ustida iş olib borilmoqda. Bu qanaqadir yakuniy hujjat emas, buni işçi dastur desak ham böladi. Bu dastur hamon tomonlar örtasida ekspertlar darajasida muhokama qilinmoqda», deya Özbekiston vakilining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












