Estoniya hukumati Rossiya fuqarolariga mamlakatda vaqtinçalik yaşaş ruxsatnomasi yoki öqiş uçun vizalar berişni taqiqlovçi qarorni tasdiqladi. Bu haqda Estoniya vazirlar mahkamasining 28 iyul, payşanba kungi bayonotida aytiladi.

Bundan taşqari, Rossiya va Belarus fuqarolari qisqa muddatli işlaş uçun ruxsatnomani faqat Estoniya tomonidan berilgan viza amalda bölgan taqdirdagina olişi mumkin böladi. 

Agar YeIga a’zo boşqa davlat tomonidan yaşaş uçun ruxsatnoma berilgan bölsa, RF va Belarus fuqarolari baribir qonuniy ravişda qisqa muddatli iş topişi mumkin bölmaydi, şu sababli ularning uzoq muddatli viza oliş uçun bergan arizasi qanoatlantirilmaydi.

Estoniya taşqi işlar vaziri Urmas Reynsaluning ta’kidlaşiça, Moskvaning Kiyevga qarşi «asossiz uruşi» nafaqat Ukrainaning «hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini» qöpol ravişda buzadi, balki Estoniya va YeI xavfsizligiga tahdid soladi. 

Reynsalu yangi çeklov çoralarining joriy etilişi haqida şunday izoh berdi: «Rossiyaga qarşi sanksiyalarni davom ettiriş mamlakatga tinimsiz bosimni ta’minlaş uçun zarur. Agar sanksiyalar Rossiya agressiyasini töxtatişga yordam bersa, bu bizning xavfsizligimizga ijobiy ta’sir qiladi». 

Estoniya taşqi siyosat idorasi rahbarining qöşimça qilişiça, özgartiriş Estoniyadagi mavjud çeklovlarni çetlab ötişni, masalan, YeIga a’zo boşqa davlatdan turizm bahonasida qisqa muddatli Şengen vizasi söraladigan ssenariylarni bekor qiladi. 

Avvalroq, 20 iyul kuni Rossiya Boş prokuraturasi «Oçiq Estoniya jamğarmasi» faoliyatini RFda nomaqbul deb tan olgan edi. Mahkama taşkilot işini «RF konstitutsiyaviy tuzumi va xavfsizligi asoslariga tahdid» deb hisobladi. 

Iyun oyida Estoniya boş vaziri Kaya Kallas Ukrainadagi uruş fonida NATOdan Latviya, Litva va Estoniyaga alyansning 20-25 ming askardan iborat diviziyalarini yuborişni söradi.