Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabining ertalabki hisobotida tunda Ukraina şimoliga zarbalar kelib tuşgani xabar qilingan.
Harbiylarning qayd etişiça, Rossiya aviatsiya va raketa zarbalari yöllaşda davom etmoqda, jumladan Belarus Respublikasi hududidan turib hujum qilingan.
Moskva va Minsk Belarus hududidan turib raketa zarbalari berilgani haqidagi ma’lumotlarni hozirça izohlamagan.
«Yoppasiga raketalar kelişi»
Boş ştabda 28 iyul tongida Belarus hududidan turib 20 dan ortiq raketa Çernihiv va Kiyev oblastlariga uçirilgani, ularning bir qismi ukrainlarning havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tuşirilgani aytiladi. Töqqizta raketa Gonçarovskoyega kelib tuşgan. Boş ştab hisobotida qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
«2022 yil 28 iyul kuni soat 5:20 dan soat 6:30 gaça, Belarusdagi manbalarga köra, Belarus hududidan 20 dan ortiq raketa uçirilgani töğrisida ma’lumot kelib tuşgan», deyiladi «Şimol» operativ qömondonligining feysbukdagi xabarida.
«Hozirça Çernihiv oblastidagi Gonçarovskoye obşinasiga 9 raketa kelib tuşgani ma’lum, ular örmonzor massiviga qulagan. Bizning havo hujumidan mudofaa tizimimiz şunday işlagan», deyiladi harbiylar xabarida.
Mahalliy aholi vakillari Belarus bilan çegaraga yaqin joylaşgan aholi punktlari hududida otişmalar ovozini eşitişgani haqida aytişgan.

Çernihiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vyaçeslav Çaus tongda oblast hududiga «10 dan ortiq raketa» uçib kelganini xabar qilgan.
«Soat ertalabki 5 dan keyin Belarus hududidan yoppasiga raketa otildi. Ular Gonçarovskoye atrofiga kelib tuşgani haqida dastlabki ma’lumotlar bor. Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz ham işlamoqda. Hozir xavfsizlik nuqtayi nazaridan bu qayerda bölayotgani haqida ayta olmayman. Qurbonlar va vayrongarçiliklar töğrisidagi ma’lumotlar aniqlaştirilmoqda, hozirça bu borada aniq ma’lumot bera olmayman», deya xabar qilgan u telegramdagi kanalida.
Kiyev yaqinidagi otişmalar
28 iyul tongida Vişgorodskoye rayoni böylab beşta raketa uçirilgan, yana ikki raketa havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tuşirilgan.













