Yevropa ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel 29 iyul, juma kuni Yevropa taşqi işlar xizmati veb-saytida e’lon qilingan murojaatida Yevropa ittifoqi «Rossiya qurolli kuçlari va ularning vakillari tomonidan sodir etilgan vahşiyliklarni» keskin qoralaşini bildirdi.

«Uşbu ğayriinsoniy, vahşiy harakatlar Jyeneva konvensiyalari va ularga qöşimça protokolni qöpol ravişda buziş hamda harbiy jinoyatlar hisoblanadi», — deyiladi bayonotda.

Yevropa diplomatiyasi rahbari 29 iyul kuni Olenivkada ukrainalik harbiy asirlar joylaşgan binoning öqqa tutilişini, şuningdek, kremlparast OAV tomonidan tarqatilgan «Rossiya askarlari ukrainalik harbiy asirga nisbatan dahşatli vahşiylik qilayotgani» haqidagi videoni misol qilib keltirdi. Borrel «Rossiyaning Ukraina va uning xalqiga qarşi noqonuniy hamda asossiz bosqinçilik uruşi kundan-kunga yangi dahşatli vahşiyliklarga yetaklayotganini» ta’kidladi.

Diplomat Rossiyaning xalqaro gumanitar huquq doirasida harbiy asirlarni himoya qilişni ta’minlaş majburiyatini eslatib ötdi, bu Olenivkada halok bölgan harbiy xizmatçilarga ham tegişli, ular orasida taslim bölgan va Xalqaro qizil xoç qömitasi tomonidan röyxatga olingan «Azovstal» himoyaçilari ham bor edi.

Borrelning sözlariga köra, «harbiy jinoyatlar va boşqa jiddiy qonunbuzarliklarni sodir etganlar, şuningdek, mas’ul hukumat amaldorlari va harbiy vakillar javobgarlikka tortiladi», çunki bu «varvarlik harakatlari Jyeneva konvensiyalarining jiddiy buzilişi hamda harbiy jinoyatlarni taşkil etadi». 

Iyul oxirida ijtimoiy tarmoqlarda kamuflyaj formadagi ikki erkak Ukraina formasiga öxşaş kiyimdagi odamni yerda uşlab, kanselyariya piçoği bilan qiynayotgani aks etgan video tarqaldi. Video kim va qaçon suratga olingani noma’lum, biroq 29 iyul kuni rossiyaparast Telegram-kanallarda videoning ikkinçi qismi paydo böldi. Unda qiynoqqa solingan odamning boşiga öq uziladi. Ukraina Boş prokuraturasi qiynoqlar böyiça hujjatlaştirilgan ehtimoliy holat yuzasidan tergov boşlanganini e’lon qildi. 

Şu kuni Donetsk oblastining Volnovaxa tumani Olenivka qişloğida asirga olingan ukrainalik harbiylar joylaştirilgan axloq tuzatiş koloniyasi binosi öqqa tutildi. Rossiya va Ukraina bir-birini otişmada aybladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbani ukrainalik harbiylar Amerikaning HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimidan berganini da’vo qilmoqda. Ukraina Boş ştabi ma’lumotiga köra, ruslar koloniyaga hujum qilib, harbiy asirlar qiynoqqa solingani va öldirilganini yaşirişga uringan. Ukraina razvedkasi asirlarni öldirişni Rossiya Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan muvofiqlaştirmasdan, «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining yollanma askarlari uyuştirgan deb hisoblaydi.