«Uni butun Çuguiv tanir edi. Hamma Sardor Hakimovning tirik ekanligiga oxirigaça umid qildi. U har doim tabassum qilardi, juda ijobiy kayfiyatdagi inson edi», - dedi Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov. 

Mahalliy imom Timur Beridzening aytişiça, Sardor Hakimov otişma paytida yertölada bölib, u yerda palov pişirişga tayyorgarlik körayotgan edi. 

Hakimov, Ukraina matbuotiga köra, 2000 yildan beri Lugansk oblastining Severodonetsk şahrida istiqomat qilgan. Uruşdan keyin, 2014 yilda u Çuguivga köçib ötgan. U yerda özbek oşxonasi va ziravorlar dökonini oçgan. Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin Hakimov oilasini Özbekistonga yuborgan va özi Çuguivda qolib, odamlarga yordam beriş bilan şuğullangan.

Sardor Hakimov 25 iyul kuni vayronalar ostidan qutqarilgan Mansur Hakimovning ukasi hisoblanadi.

Xarkiv oblastining Çuguiv şahri 25 iyul kuni S-300 tizimlaridan öqqa tutildi: odamlar yaşiringan Madaniyat uyi, Ofitserlar uyi va litsey vayron böldi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hududiy mudofaa bazalari yöq qilinganini bildirdi. 

Zarba uç kişining hayotiga zomin böldi. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning aytişiça, ularning barçasi köp qavatli uyning yertölasidan bombapanohgoh sifatida foydalangan, biroq u zarbaga doş bera olmagan.