Dakka şahrida keça savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Bangladeş hukumatlararo komissiyasi 3-yiğilişi bölib ötdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Yiğilişga Özbekiston boş vaziri örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev va Bangladeş savdo vaziri Tipu Munşi raislik qildi.
Tomonlar investitsiyalarni rağbatlantiriş va özaro himoya qiliş töğrisidagi bitimni faollaştirişga hamda yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş böyiça qöşma korxonalar taşkil etilişini rağbatlantirişga kelişib oldilar. Özbekiston va Bangladeş örtasida 2023 yilgaça AKT, çarm sanoati kabi yönalişlarda loyihalarni amalga oşiriş, tayyor mahsulotlar işlab çiqariş böyiça Özbekiston erkin iqtisodiy zonalarida töqimaçilik klasterlarini taşkil etişni nazarda tutuvçi sanoat sohasida hamkorlik dasturini işlab çiqiş rejalaştirildi.
Farmatsevtika sohasida özaro hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida tomonlar Özbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi va Bangladeş Farmatsevtika sanoati assotsiatsiyasi örtasida Özbekiston va Bangladeşda işlab çiqarilgan dori vositalarini ikki mamlakat hududida röyxatdan ötkazişni soddalaştirişni nazarda tutuvçi hamkorlik töğrisida memorandumni imzolaşga kelişib oldi.
Oziq-ovqat xavfsizligi, şu jumladan uruğçilik sohasida aniq çora-tadbirlar va amalga oşiriş mexanizmlari belgilab qöyilgan qöşma tadqiqotlar dasturini işlab çiqiş va tasdiqlaş hamda ösimliklar karantini sohasida hamkorlik töğrisida bitimni imzolaşni tezlaştiriş yuzasidan yakdil qarorga kelindi.
Özbekiston va Bangladeş örtasida diplomatik aloqalar örnatilgani 30 yilligi munosabati bilan 2022 yil davomida Bangladeşda Özbekiston madaniyati kunlari va Özbekistonda Bangladeş madaniyati kunlarini ötkazişga kelişildi.
Turizm sohasidagi hamkorlikni jadallaştiriş, "Umra+" dasturi doirasida tranzit yönalişlari böylab ötayotgan Bangladeş ziyoratçilarining Özbekiston turizm infratuzilmasidan foydalaniş masalalari muhokama qilindi.












