Fransiyaning Renault kompaniyasi 2022 yilning birinçi yarmida 1,36 mlrd yevro sof zarar kördi, deyiladi kompaniya hisobotida.

Natija kutilganidan ham yomonroq böldi, deb yozadi Bloomberg. Renault Rossiya bozoridan ketişini zarar körişining asosiy sababi sifatida körsatgan. Qayd etilişiça, kompaniya buning oqibatida 2,3 mlrd yevro zarar körgan.

«Rossiyadagi faoliyat töxtatilişi bilan boğliq barça noxuş omillar, yarimötkazgiçlar inqirozi va xarajatlar inflatsiyasiga qaramasdan, kompaniya operatsion körsatkiçlarini yaxşilaşda davom etmoqda», — dedi kompaniya rahbari Luka de Meo.

Renault mart oyida Rossiyadagi işlab çiqariş faoliyatini töxtatgandi. May oyida kompaniyaning Rossiyadagi aktivlari davlat tasarrufiga ötişi ma’lum böldi: «Reno Rossiya» YoAJning 100 foiz aksiyalari Moskva hukumatiga, «Avtovaz»ning 67,69 foiz aksiyalari «NAMI»ga, qolgan aksiyalar esa «Rostex»ga.  

Rossiya bozorini tark etganidan söng birinçi yarim yillikda Renault sotuv hajmi 30 foizga tuşib ketdi, deb ma’lum qilgandi kompaniya iyul oyi boşida.