Ukraina Boş prokuraturasi 29 iyul, juma kuni rus askarlari ukrainalik asirni qiynoqqa solayotgani aks etgan videoni örganiş natijalari böyiça jinoiy iş oçdi. Iş uruş qonunlari va odatlarini buziş moddasi böyiça oçilgan, deb xabar berdi mahkama. 

Bir neça soat oldin Ukraina Oliy Radasining inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinets videoni Jyeneva konvensiyasi buzilişi ehtimoli böyiça harbiy jinoyat nuqtayi nazaridan tekşirişga çaqirdi. Lubinetsning sözlariga köra, BMT, Qiynoqlar oldini oliş böyiça Yevropa qömitasi va Xalqaro Qizil Xoç qömitasiga ham xabarlar tayyorlanmoqda. 

Videoda kamuflyaj formasidagi ikki erkak Ukraina formasiga öxşagan kiyimdagi odamni yerda uşlab turgani aks etgan. Ulardan biri ukrainalik asirni qiynoqqa solgan, unga kanselyariya piçoğini tiqib olgan.

Video internetda rossiyaparast va ukrainaparast bir qança telegram-kanallarda paydo böldi. U qayerda, qaçon va kim tomonidan olingani hozirça noma’lum. Keyinroq, 29 iyul kuni videoning ikkinçi qismi rossiyaparast telegram-kanallarda paydo böldi. Unda ukrainalik harbiyning boşiga öq uzilgani aks etgan. 

Ukraina va Rossiya bir-birini harbiy asirlarni qiynoqqa solayotganlikda ayblab keladi. Human Righs Watch taşkiloti öz hisobotlaridan birida qiynoqqa uçragan Ukraina askarlarining ikki ölimini qayd etgan.