Rossiya gazi uçun tölovni rublda amalga oşiriş ğoyasi Rossiya prezidentining iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçisi Maksim Oreşkinga tegişli, deb xabar berdi Bloomberg öz manbalariga tayanib. 

«Gaz uçun rublda tölov» sxemasidan foydalaniş samarasini ijobiy deb hisoblayman», — dedi Oreşkin Bloomberg agentligiga intervyusida.

U şu bilan birga, yangi mexanizmni işlab çiqişdagi öz roliga izoh berişni istamadi.

Vladimir Putin 1 apreldan «nodöst» mamlakatlar bilan Rossiya gazi uçun hisob-kitobni rublda olib boriş töğrisidagi farmonni imzolagandi. Hujjatga köra, agar «nodöst» mamlakat tölovni rublda amalga oşirişni istamasa, unga gaz beriş töxtatiladi. 

Bloomberg agentligining qayd etişiça, uşbu sxema Rossiya iqtisodiyotining Ğarb sanksiyalaridan jiddiy zarar körişining oldini olişga yordam berdi. Mart oyida tarixiy minimumga tuşib ketgan rubl iyunda 2015 yildagi darajada mustahkamlandi. 

Ta’kidlanişiça, Oreşkin şuningdek, Rossiya banklarining SWIFT tizimidan uzib qöyilişi oqibatlariga qarşi reja işlab çiqişda ham yordam bergan va iqtisodiyotda davlat nazoratining kuçayişiga qarşi çiqqan. 

«Rossiya bozor iqtisodiyotidan voz keçmoqçi emas», — degan u Bloomberg agentligiga bergan intervyusida.