Jahon | 14:20 / 31.07.2022
33928
7 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda «azovchilar»ning yaqinlari marshi, Donetsk oblastida yalpi evakuatsiya. Urush suratlari

Ukrainada urushning 157-kuni o‘tdi. So‘nggi ma’lumotlar:

  • Rossiya Olenivkadagi koloniyada halok bo‘lgan 50 dan ortiq ukrain harbiy asirlari ro‘yxatini e’lon qildi. Rossiya ular ukrainlar raketa zarbasidan qurbon bo‘lganini aytishmoqda; bu versiyani ko‘plar shubha ostiga olgan. 
  • Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchuk va prezident Volodimir Zelenskiy Donetsk oblastida qolayotgan ukrainlarni mamlakat g‘arbiga evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi. Vereshchuk Donbassda infratuzilmalar vayron bo‘lgani, Zelenskiy qolganlar rossiyalik harbiylar harakatlaridan aziyat chekishi mumkinligini aytmoqda.
  • Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasining tvitterida «Azov» polki jangchilari dorga osilgan holda o‘ldirilishga munosib ekani haqida tvit qoldirildi. Ukraina TIV rossiyalik diplomatlarni harbiy jinoyatlar ishtirokchilari deb atadi.
  • Ukraina qurolli kuchlari Dnepr daryosi ustidan o‘tgan Antonov temiryo‘l ko‘prigini ishdan chiqargan, undan oldinroq avtomobil ko‘prigiga jiddiy shikast yetib, ko‘prik bo‘ylab harakat to‘xtatilgandi. Bu Xersonga olib boruvchi daryo ustidan o‘tgan ikkita o‘tish yo‘lidir, bu yo‘llarning to‘silishi ishg‘ol etilgan shahardagi rossiyalik harbiylarni asosiy kuchlardan uzib qo‘yadi.

Quyida so‘nggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar:

Olinivka

Donetskdan 40 kilometr masofadagi Olenivka posyolkasida joylashgan qamoqxonadagi barak. Rossiya 29 iyul tongida koloniyaga raketa zarbasi berilganini ma’lum qildi. Bu joyda ukrain harbiy asirlari, jumladan «Azov» bataloni jangchilari ham saqlangan. 53 nafar ukrain askari halok bo‘lib, 75 asir yaralangan. Rossiya va Ukraina koloniyaga zarbada bir birini ayblamoqda.
AP / Scanpix / LETA
Olenivkada halok bo‘lgan asirlar jasadi. Koloniyada saqlangan «Azov» polki jangchilari Mariupolda may oyi o‘rtalarida, ikki oydan oshiq vaqt davomida «Azovstal» mudofaasini ushlab turishganidan keyin asir tushishgandi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Politico nashri jurnalisti Kristofer Miller Maxar sun’iy yo‘ldoshi orqali olingan tasvirlarini e’lon qildi, ularda Olenivkadagi koloniya 27 iyul va 30 iyul kunlari qanday ko‘rinishda bo‘lgani aks etgan.
Bu tasvirlar ukrain harbiy asirlari saqlangan barak ichkaridan turib portlatilgani haqidagi fikrlarni dastaklaydi - portlashdan keyin uning atrofidagi barcha binolar butun qolgan.

Kiyev

«Azov» polkining asirlikdagi jangchilarining yaqinlari Kiyevdagi marshda Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat sifatida tan olishni talab qildi. 29 iyul kuni Olenivkadagi koloniyada ro‘y bergan portlash oqibatida 50 dan ortiq asir halok bo‘lib, yana o‘nlab kishilar yaralangan. Ukraina tomoniga ko‘ra, asirlar bu barakka portlashdan bir necha kun oldin joylashtirilgandi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Olga Malyuchenko — «Azov» polkining asirlikdagi jangchilaridan birining rafiqasi. 
David Goldman / AP / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

Rossiyaliklarning Olenivka yaqinida uchayotgan Z belgisi aks etgan Su-25 shturmoviki
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar Kramatorskni o‘qqa tutgach, xarobalar ostida omon qolganlarni qidirayotgan qutqaruvchilar. Donetsk oblasti ma’mriyati rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, zarba aholi yashash uylari joylashgan kvartalga kelib tushgan. Ikkita uy to‘liq qulab tushgan, yana 21 uy shikastlangan. Ikki kishi halok bo‘lib, besh kishi yaralangan.
D​iego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiyaliklar zarbasiga uchragan Kramatorskda vayron bo‘lgan uyida turgan keksa yoshli ayol.
D​iego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Qutqaruvchilar Kramatorskdagi qulab tushgan bino xarobalari ostidan odamlarni qidirmoqda
D​iego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mikolayiv

Rossiyaliklar 29 iyul kuni Mikolayivni o‘qqa tutishi oqibatida shikastlangan bekat. 30 iyul kuni shahar yana o‘qqa tutildi — zarba aholi yashash uylari joylashgan rayonlardan biriga kelib tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangan
Kostyantin і Vlada Lіberovi
Donetsk oblastidagi front chizig‘i yaqinlashib kelgan Baxmut shahrida oilasini evakuatsiya qilayotgan erkak. Ukraina hukumati Donetsk oblastidagi o‘z nazoratida qolayotgan hududlar aholisini to‘liq evakuatsiya qilishga chaqirmoqda.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar Donetsk oblastidagi front chizig‘ida joylashgan Baxmut shahrida yong‘inga qarshi kurashmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu​ Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xarkiv oblasti

Xarkivda rossiyaliklar zarbasidan keyin yonib ketgan o‘quv muassasasi binosidagi qutqaruvchi.
Sofia Bobok / Anadolu​ Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
O‘t o‘chiruvchilar otishmalardan keyin yonib ketgan Xarkivdagi maktab hududida ishlamoqda.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA 
Sapyorlar va qutqaruvchilar Xarkiv oblastidagi dala maydonida tankka qarshi minaga tushib portlab ketgan kombayn atrofida.
Foto: Ukraina FVDX
Xarkivdagi frontdagi qismda ukrain harbiy shifokori o‘rta yoshli askarning qon bosimini o‘lchamoqda.
Wolfgang Schwan / Anadolu​ Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv oblastidagi front chizig‘i yaqinida turgan ukrain askari. Shahar atrofida janglar 24 fevraldan buyon davom etmoqda. Bahorda ukrain qo‘shini front chizig‘ini shahardan bir necha kilometrga uzoqlashtirishgandi, ammo keyin Rossiya armiyasi yana qarshi hujumga o‘tdi.
Wolfgang Schwan / Anadolu​ Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv oblstida joylashgan harbiy qismdagi ukrain harbiylari.
Wolfgang Schwan / Anadolu​ Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv oblastidagi front chizig‘i yaqinida turgan ukrain askari.
Wolfgang Schwan / Anadolu​ Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid