2021 yilda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon podshohlikning qurg‘oqchil shimoli-g‘arbiy qismidagi yerlarni o‘zlashtirish va Misr piramidalari kabi ulug‘vor narsani qurish topshirig‘ini bergandi.
The Wall Street Journal arabistonlik shaharsozlarning rejalari bilan bog‘liq hujjatlarni qo‘lga kiritdi. Unda juda katta loyiha tafsilotlari oydinlashadi.
Mirror Line («Ko‘zgu liniyasi») – bu balandligi 488 metrgacha bo‘lgan ikkita bino bo‘lib, qirg‘oq, tog‘lar va cho‘l bo‘ylab 120 kilometrga parallel ravishda o‘tadi. Osmono‘par binolar bir-biri bilan piyodalar o‘tish joylari orqali bog‘lanadi, ularning ostidan tezyurar poyezd harakatlanadi.

Arxitektorlar futbolni ham unutmagan – 305 metr balandlikda stadion joylashgan bo‘ladi.

Turli manbalarga ko‘ra, osmono‘par shahar-binoda 5 milliondan 9 milliongacha odam yashashi mumkin bo‘ladi. Ular shahar bo‘ylab tezyurar poyezdlarda harakatlanishadi. Uning bir chetidan ikkinchi chetigacha 20 daqiqada borish imkoniyati bo‘ladi.
Shahar aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun fermalar tuzilmasi tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.

NEOM / AFP / Scanpix / LETA
Mega loyihaning qiymati 1 trillion dollarni tashkil etadi.


Neom shahriga ham yana 500 milliard dollar sarflanadi. Bu nima?
















