“Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Şörtan gaz-kimyo majmuasida mahalliy işlab çiqaruvçilar, jurnalist va blogerlar iştirokida 2022-2023 yillar uçun mahsulot va xizmatlar ehtiyoji taqdimoti ötkazildi.

Aytiş joiz, Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 11 mart kuni ötkazilgan yiğiliş davomida berilgan topşiriqlar asosida “Özbekneftgaz” AJ tizimida mahalliylaştiriş, importni qisqartiriş hamda sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytiriş yönalişida yangiça tartibda işlar taşkil etilmoqda.
Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning taşabbusi bilan ilk marta yetakçi mahalliy işlab çiqaruvçilar, jurnalist va blogerlar iştirokida “Özbekneftgaz” AJ korxonalarining 2022-2023 yillar uçun mahsulotlar, butlovçi buyum va materiallar hamda xizmatlarga bölgan ehtiyojlari taqdimot qilindi.


Darvoqe, bir muddat oldin Mehriddin Abdullayev özi rahbarlik qilib kelayotgan tizimning hamma uçun oçiq bölişiga harakat qilayotganini bildirib, “bitta mix xarid qilsak ham oçiq bölsin, xalq körib tursin”, degandi.
Tarmoq flagmani bölgan Şörtan gaz-kimyo majmuasida ötkazilgan mazkur tadbirga 150 dan ortiq mahalliy işlab çiqariş korxonalari vakillari, 20 dan ortiq jurnalist va blogerlar taklif etildi.
Tadbirda dastlab "Özbekneftgaz" AJning 2022 yil uçun tovarlarga bölgan ehtiyojlari töğrisida ma’lumot berildi. Joriy yilda tizim korxonalari tomonidan 1,9 trln sömlik mahsulotlar xaridi amalga oşirilişi közda tutilgan bölib (xizmatlardan taşqari), şundan 520 mlrd söm – joriy ta’mirlaş işlari, 54,2 mlrd söm – quduqlarni ta’mirlaş, 619 mlrd söm – burğilaş işlari, 742 mlrd söm izlov qidiruv işlari doirasida yönaltiriladi.



















