Joriy yilning 1 avgust kunidan yuridik texnikumlarga qabul boşlanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Respublikada 14 ta yuridik texnikum taşkil etilgan. Ularda quyidagi mutaxassisliklar böyiça kadrlar tayyorlanadi: 

  • davlat huquqiy faoliyat;
  • yuridik xizmat; 
  • sud-huquqiy faoliyat. 

Yuridik texnikumlarga umumiy örta ta’lim (11-sinfni) yoki örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirganlar hujjat topşirişi mumkin.

Öqişga kiriş uçun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qiliş joriy yil 1 avgustdan 20 avgustgaça (şu kuni ham) bölib ötadi.

Yuridik texnikumlarga Özbekiston fuqarolarini qabul qiliş DTM tomonidan ötkaziladigan test sinovlari orqali amalga oşiriladi.

Çet el fuqarolari yuridik texnikumlar tomonidan taşkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi. 

Abituriyentlar öqişga davlat buyurtmasi, tölov-kontrakt, şu jumladan, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Öqiş muddati 2 yilni taşkil etadi.