Serblar köpçilikni taşkil etadigan Şimoliy Kosovodagi vaziyat mahalliy ma’murlarning Serbiyadan keluvçilar uçun vaqtinçalik hujjat joriy etiş rejasi, şuningdek serblarning avtomobil raqamlarini Kosovonikiga özgartiriş jarayoni boşlanişi tufayli keskinlaşdi. Kosovo boş vaziri Albin Kurti Kosovo şimolida yaşovçi serblarga Serbiyada berilgan avtomobillarni qayta röyxatdan ötkaziş va davlat raqamlarini Kosovonikiga almaştiriş haqidagi buyruq «javob çorasi» ekanini aytib, Kosovo davlatçiligini tan olmaydigan Serbiya öz hududiga kirib keluvçi kosovoliklarga xuddi şunday talablar qöyganiga e’tibor qaratdi.

Kosovoda yangi çoralar 1 avgustdan kuçga kirişi kerak edi. 31 iyul kuni keçqurun yuzlab etnik serblar Serbiya çegarasidagi Yarine va Brnyak nazorat-ötkaziş punktlariga olib boruvçi ikkita asosiy yölni tösib, barrikadalar örnata boşladi. Reuters agentligi yozişiça, Kosovska-Mitrovitsada uç soat mobaynida sirenalar çalingan.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç kosovolik serblar uçun vaziyat «juda murakkab» ekani va mojaro kelib çiqsa, unda «Serbiya ğalaba qozonişi»ni aytdi. «Biz heç qaçon bugungidan köra murakkab vaziyatda bölmaganmiz. Priştinadagi rejim özini jabrdiyda sifatida körsatib, dunyodagi vaziyatdan foydalanişga urinmoqda, [Kosovo boş vaziri] Albin Kurti qiyofasidagi yangi Zelenskiy gegemonizmga qarşi kuraş haqida aytmoqda», — deya uning sözlarini keltirgan TASS.

Vuçiç Kosovo hukumati yarim tunda «serb hujjatlarini taqiqlaş aksiyasi»ni boşlamoqçi ekanini va şuning uçun har ehtimolga qarşi nazorat-ötkaziş punktlariga özining maxsus bölinmalarini keltirib qöyganini aytdi. Rossiyaning ayrim naşrlari prezidentning sözlarini öziça talqin etdi va «Vuçiç Kosovo armiyasi tunda Serbiyaning şimoliy qismiga hujum qilişni rejalaştirayotganini aytdi» qabilidagi sarlavha bilan postlar tarqatildi.

Serbiya prezidenti «qanday qilib bölmasin tinçlikni saqlaş»ni istaşini qayd etdi, ammo «agar serblarni ta’qib qilişga jur’at etişsa, serblarni öldirişga jur’at etişsa, Serbiya ğalaba qozonajagi» haqida gapirdi. RF TIV Serbiyaning yonini oldi va Priştinaning harakatini «serblarni Kosovodan quvib çiqarişga qaratilgan navbatdagi qadam» deb baholadi. «Priştinani va uning ortida turgan AQŞ hamda YeIni provokatsiyani bas qiliş va Kosovodagi serblar huquqlarini hurmat qilişga çaqiramiz», — deyilgan vazirlik xabarida.